Joriy yil 24-fevral kuni Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikum psixologi tomonidan ⚡️⚡️⚡️“Men hayotni sevaman” mavzusida psixologik diktant o‘tkazildi.

Diktant yozish davomida o‘quvchilarga hayotning mazmun-mohiyati, inson qadri, shaxsiy mas’uliyat va kelajakka ishonch ruhini mustahkamlashga qaratilgan matn o‘qib eshittirildi.

O‘quvchilar tomonidan matn diqqat bilan tinglanib, yozma ravishda bayon qilindi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning mavzuga nisbatan faolligi, mustaqil fikr yuritishi va ijobiy dunyoqarashi kuzatildi.