Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchisi yoki kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lgan abituriyentlar tegishliligi bo‘yicha nogironlik guvohnomasi nusxasi, tuman (shahar) hokimining «Mehribonlik uylari»ga joylashtirish bo‘yicha qarori yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi)ga asosan tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotni elektron platformaga yuklaydi. Elektron platformaga yuklangan hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan bo‘lishi lozim. Skaner qilingan hujjatlarning talab darajasida bo‘lmasligi abituriyentning ro‘yxatdan o‘tkazilmasligiga asos bo‘ladi.
Professional ta’lim muassasalariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga asosan tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan shakllantiriladi
Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan BHMning 2 baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.
Batafsil: Tez tez beriladigan savollar sahifasida


.jpg)



.jpg)