Mehmon Chongqing hududidan tashrif buyurib,Bir kamar, bir yo‘l tashabbusi doirasida ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi. Xususan,Xitoydan malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish, ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tashrif davomida mehmon texnikum rahbariyati bilan uchrashib,o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan,o‘quv memorandumlarini imzolash istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi.Shuningdek, talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarning ahamiyati haqida fikr almashildi.






.jpg)


.jpg)