Mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad — turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya hamda Rossiya xalqlarining boy va rang-barang madaniyati keng namoyish etildi.
.jpg)
Ishtirokchilar tomonidan ushbu millatlarning milliy urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy an’analari sahna ko‘rinishlari orqali yoritildi. Milliy qo‘shiq va raqslar esa har bir xalqning o‘ziga xos madaniy merosini yorqin ifodalab berdi.
Shuningdek, festival doirasida tashkil etilgan milliy taomlar ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, turli xalqlarning gastronomik madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)



.jpg)