Strategik hamkorlar

Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar.

Texnikumda taʼlim tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish,yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish,oʼquv-uslubiy ishlarni takomillashtirish,oʼquvchilar saloxiyatini oshirish,maʼnaviy maʼrifiy soxani chuqurroq singdirish,darslik va elektron oʼquv qoʼllanmalarni yangi avlodini yaratish,iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash uslubini takomillashtirish,Texnikumda faoliyat koʼrsatayotgan kafedra moddiy texnik resurslarini,pedagogik kadrlar uslubiy bazalarini mustaxkamlash boʼyicha Buxoro davlat tibbiyot instituti tajribali,saloxiyatli professor-oʼqituvchilari bilan hamkorlik rejasi tuzildi. Rejaga asosan Buxoro davlat tibbiyot instituti Texnikumlar bilan ishlash bulimi mudiri Z.S.Baxromova bilan kelishilgan holda chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi qushma byruqlar shakllantirildi shuningdek institutdan biriktirilgan professor-oʼqituvchilariga Texnikumdan oʼrindoshlik asosida soatlar ajratildi.

Buxoro Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda qilinishi lozim boʼlgan ishlar.

Texnikumning oʼqituvchi pedagoglarn saloxiyatini yanada oshirish ularga uslubiy jixatdan koʼmaklashish va muvofiqlashtirish,davlat taʼlim standartlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʼquv dasturlari va uslubiy qoʼllanmalarni,taʼlimning interaktiv usullarini ishlab chiqish, tayanch tibbiyot Texnikumining malakali oʼqituvchilari bilan maxorat darslari va amaliy mashgʼulotlar tashkil qilish hamda tajriba almashtirish,fan kafedra ishlari tayanch tibbiyot Texnikumi tomonidan oʼrganish,amaliy uslubiy yordam koʼrsatish,shu yuzasidan yigʼilish seminar treyning oʼtkazish,Texnikumdagi oʼqituvchi pedagoglarni ijodiy ishlar koʼrgazmasi,fan olimpiyadalari,eng yaxshi bitiruvchi koʼrik tanlovlarini oʼtkazish,hamkorlikda darsliklar, oʼquv uslubiy qoʼllanmalar,elektron multimediyalar ishlab chiqish va maʼnaviy maʼrifiy ishlar rejasini kelishgan holda yil davomida tadbirlar oʼtkazish amalga oshirilishi koʼzda tutilmoqda.

Bitiruvchilarni bandligini taʼminlash boʼyicha tuman tibbiyot birlashmalari hamkorlikda qilinadigan ishlar.

Oʼquv amaliyotlarini chuqur oʼzlashtirish ularga ixtisosligi boʼyicha amaliy koʼnikmalarni berish maqsadida oʼquv va ishlab chiqarish amaliyotlari Peshkoʼ tuman tibbiyot birlashmasida 10 ta oʼquv amaliyot xona va Romitan tuman tibbiyot birlashmasida 6 ta oʼquv amaliyot xonalari guruxlar kichik guruxlarga boʼlinib oʼtilishini inobatga olib jixozlangan.

Oʼquv ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkil qilish boʼyicha Peshkoʼ, Romitan, Vobkent, Shofirkon, Buxoro, Jondor, Kogon shaxar, Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmalari va ularga qarashli oilaviy poliklenikalar va qishloq vrachlik punkitlari, Romitan tuman Gazli shaxar kasalxonasi,Buxoro Dori Darmon MCHJ, Peshkoʼ va Romitan tuman Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi raxbarlari bilan kelishilgan holda 2 tomonlama sherikchilik shartnomalar tuzilgan.Shartnomaga muvofiq ikki tomon huquq majburiyatlari belgilangan, ushbu shartnomaga asosan keyinchalik bitiruvchilar bandligi taʼminlanadi.