2020 yil 10 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan "Koronavirus infeksiyasi - COVID-19. Tashhislash, davolash va profilaktika yo`llari" nomli Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo`lib o`tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar on-line tarzda ZOOM platformasida o`tkazildi. Xalqaro ilmiy-amaliy seminarni Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Shadmanov Alisher Kayumovich kirish so`zi bilan ochib berdi. Xususan, O`zbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida pandemiyaga qarshi olib borilgan Davlat darajasidagi islohotlar, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha amalga oshirilgan tadbirlar to`g`risida ma`lumot berdi. Shundan so`ng Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti, t.f.d. Xudaykulova Gulnora Karimovna "O`zbekiston: COVID-19 pandemiyasiga adekvat javob" nomli ma`ruza bilan chiqdi. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar davomida 2 nafar Rossiyalik mutaxassislar ham o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi: Lioznov Dmitriy Anatolevich – t.f.d., professor Rossiya Federatsiyasi A.A.Smorodinsev nomidagi gripp ilmiy-tadqiqot instituti direktori "Vaksinoprofilaktika: yutuqlar va istiqbollar" mavzusida ma`ruza qildi. Rujensova Tatyana Aleksandrovna – t.f.d., Rospotrebnadzor Epidemiologiya ilmiy tadqiqot institutining klinik tadqiqotlar bo`limi boshlig`i, Moskva "Reaviz" tibbiyot universiteti Ichki kasalliklari kafedrasi mudiri "Koronavirus infeksiyasi COVID-19. Tashxislash imkoniyatlari va davolashga yondashuv" mavzusida ma`ruza qildi. Xalqaro ilmiy-amaliy seminarda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o`qituvchilari, xususan Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi xodimlari, magistratura talabalari, Davolash fakultetining 6 kurs talabalari ishtirok etishdi.


.jpg)



.jpg)