DAVLAT BAYROG‘I — MILLIY G‘URURIMIZ!

Bugun Afşona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Davlat bayrog‘imizning tarixiy ahamiyati, unda mujassam bo‘lgan milliy qadriyatlar, tinchlik, ozodlik va istiqlol ramzi sifatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.