HALOLLIK MARAFONI: 3 SOHA — 1 TAMOYIL

Halollik bizdan boshlanadi!”
Respublikamizda 9–20-noyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Halollik marafoni: 3 soha — 1 tamoyil” targ‘ibot aksiyasi doirasida Afşona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi o‘rinbosari A. Fayziyev ishtirok etib, ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalla tizimlarida halollik tamoyillarini qaror toptirish, korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.